Valyuta kurslari 18/06/2025
$1 – 12668.14
UZS – -0,37%
€1 – 14640.57
UZS – -0,61%
₽1 – 161.15
UZS – -0,37%
Qidirish
Iqtisod 11/06/2025 O‘zbekiston va XVJ soliq siyosatini takomillashtirish va islohotlarni davom ettirish yo‘llarini muhokama qildi

O‘zbekiston va XVJ soliq siyosatini takomillashtirish va islohotlarni davom ettirish yo‘llarini muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025-yil 9-iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari Axadbek Xaydarov bilan Xalqaro valyuta jamgʻarmasi Fiskal masalalar departamenti boshqarma boshligʻi oʻrinbosari janob Shafik Xebus rahbarligidagi delegatsiya oʻrtasida uchrashuv oʻtkazildi.

Uchrashuvda Xalqaro valyuta jamgʻarmasining Fiskal masalalar departamentining iqtisodchi-ekspertlari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining Soliq-bojxona siyosati va daromadlar prognozi departamenti mutaxassislari ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida soʻnggi yillarda Oʻzbekiston Respublikasi soliq siyosatidagi ijobiy oʻzgarishlar va ularning iqtisodiyotga taʼsiri muhokama qilindi.

Shuningdek, Xalqaro valyuta jamgʻarmasi mutaxassislari tomonidan kelgusi yillarda soliq maʼmurchiligini takomillashtirish, soliq toʻlovchilar uchun teng sharoitlarni taʼminlash hamda soliq siyosati boʻyicha yanada samarali islohotlarni amalga oshirish boʻyicha tavsiyalar berildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar oʻzaro manfaatli hamkorlikni yanada mustahkamlash, amalga oshirilayotgan islohotlarni samarali davom ettirish va Xalqaro valyuta jamgʻarmasi bilan muntazam maslahatlashuv mexanizmlarini kuchaytirish borasida kelishib oldi.

 

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling