O‘zbekiston va Xitoy Samarqandda bo‘lib o‘tadigan Ikkinchi mintaqalararo forumga tayyorgarlik ko‘rmoqda
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 6-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida vazir o‘rinbosari Ilzat Kasimov va Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Yu Jun o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muloqot chog‘ida ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari ko‘rib chiqilib, sarmoyaviy sohada erishilgan natijalar sarhisob qilindi, joriy yilning 1-2 iyun kunlari Samarqand shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan Ikkinchi O‘zbekiston-Xitoy hududlararo forumiga tayyorgarlik ko‘rish masalalari muhokama qilindi.
Boʻlajak tadbirda Oʻzbekiston va Xitoydan 1500 dan ortiq vakillar ishtirok etishi kutilmoqda. Uning doirasida O‘zbekiston-Xitoy biznes-forumi, panel munozaralari, ikki davlat milliy mahsulotlari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.