Valyuta kurslari 24/06/2025
$1 – 12410.99
UZS – -0,69%
€1 – 14237.89
UZS – -1,16%
₽1 – 158.38
UZS – -0,63%
Qidirish
O‘zbekiston 18/02/2025 O‘zbekiston va Vengriya hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi

O‘zbekiston va Vengriya hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston delegatsiyasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Olimjon Abdullayev boshchiligida delegatsiya Vengriyaga tashrif buyurdi.

Safar davomida delegatsiya Vengriya Tashqi iqtisodiy aloqalar va tashqi ishlar vazirligining xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha davlat kotibi o‘rinbosari Agnesh Kertes bilan uchrashdi.

Shuningdek, o‘zbek delegatsiyasi Vengriya Ichki ishlar vazirligining huquq-tartibot organlari bo‘yicha davlat kotibi Zoltan Bolchik va Vengriya Milliy politsiya bosh boshqarmasining xorijiy fuqarolar ishlari bo‘yicha bosh direktori Shandor Gyombyosh bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Bundan tashqari, Vengriya Milliy iqtisodiyot vazirligining bandlik va dasturlar masalalari bo‘yicha davlat kotibi o‘rinbosari Silviya Balog bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muzokaralar davomida ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash va turli sohalarda hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling