Valyuta kurslari 20/06/2025
$1 – 12559.26
UZS – -0,47%
€1 – 14413.01
UZS – -0,71%
₽1 – 160.17
UZS – -0,41%
Qidirish
Iqtisod 20/05/2025 O‘zbekiston va Vengriya chorvachilik sohasida hamkorlikni kuchaytirmoqda

O‘zbekiston va Vengriya chorvachilik sohasida hamkorlikni kuchaytirmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning Vengriyaga rasmiy tashrifi doirasida Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Budapesht shahrida bo‘lib turibdi.

Tashrif doirasida O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasida qishloq xo‘jaligi, xususan, chorvachilik yo‘nalishida samarali hamkorlikni chuqurlashtirishga qaratilgan muhim muzokaralar olib borilmoqda.

Jumladan,  Vengriyaning chorvachilik yo‘nalishidagi yetakchi kompaniyalaridan biri — Hunland Group vakillari bilan bilan uzoq muddatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Muloqot davomida O‘zbekiston tomonining chorvachilik majmualarini barpo etish va ishga tushirish, sut hamda go‘sht mahsulotlari yo‘nalishida fermer xo‘jaliklarining genetik salohiyatini oshirish, shuningdek, ushbu loyihani aynan Qoraqalpog‘iston Respublikasida amalga oshirish borasidagi takliflar o‘rtaga tashlandi.

Vengriya tomoni O‘zbekistondagi investitsion muhitni yuqori baholab, bo‘sh turgan chorvachilik komplekslari, zarur infratuzilma va amaldagi qonunchilik yuzasidan qiziqish bildirdi. Muzokaralar yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli yo‘nalishlarda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va tegishli texnik-iqtisodiy hujjatlarni ishlab chiqish borasida kelishuvga erishdilar.

Ma’lumot o‘rnida: Hunland Group kompaniyasi 30 yildan ortiq vaqt mobaynida dunyo miqyosida sut va go‘sht chorvachiligi bo‘yicha yirik loyihalarni amalga oshirib kelmoqda. Kompaniya yiliga 4 800 tonna go‘sht, 62 000 tonna sut mahsulotlarini ishlab chiqaradi hamda 350 000 bosh yirik shoxli qoramolni yetishtirish quvvatiga ega. Bugungi kunda kompaniya Slovakiya, Ruminiya, Gretsiya, Serbiya, Xorvatiya kabi davlatlar bilan hamkorlik qilmoqda.

Zero, mazkur uchrashuv nafaqat ikki tomonlama savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash, balki O‘zbekistonning oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, zamonaviy chorvachilik infratuzilmasini rivojlantirish hamda mamlakatning eksport salohiyatini yanada kengaytirishga xizmat qiladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling