Valyuta kurslari 17/06/2025
$1 – 12715.13
UZS – -0,35%
€1 – 14730.48
UZS – 0,17%
₽1 – 161.75
UZS – 1,04%
Qidirish
O‘zbekiston 17/06/2025 O‘zbekiston va Ummon TIV rahbarlari Isroil-Eron mojarosi keskinlashuvidan xavotir bildirdi

O‘zbekiston va Ummon TIV rahbarlari Isroil-Eron mojarosi keskinlashuvidan xavotir bildirdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 16 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Bahtiyor Saidov Sultonlik Ummon tashqi ishlar vaziri Sayid Badr bin Hamad al-Busaidiy bilan telefon orqali muloqot qildi.

Suhbat chog‘ida ikki tomonlama va ko‘p tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi. Tomonlar O‘zbekiston va Ummon o‘rtasidagi munosabatlar mislsiz surʼatda rivojlanayotganini va ulkan salohiyatga ega ekanini alohida taʼkidladilar.

Mintaqaviy vaziyatga ham alohida eʼtibor qaratildi.

Ikki davlat tashqi ishlar vazirlari Isroil va Eron o‘rtasidagi mojaro ortidan yuzaga kelgan taranglikning kuchayib borayotganidan o‘zaro xavotir bildirdilar. Ushbu murakkab vaziyatning xavflari va keng geosiyosiy kontekstdagi barqarorlik va xavfsizlik uchun oqibatlari muhokama etildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling