Valyuta kurslari 20/06/2025
$1 – 12559.26
UZS – -0,47%
€1 – 14413.01
UZS – -0,71%
₽1 – 160.17
UZS – -0,41%
Qidirish
O‘zbekiston 24/04/2025 O‘zbekiston va Turkmaniston yetakchilari birgalikda daraxt ekdilar

O‘zbekiston va Turkmaniston yetakchilari birgalikda daraxt ekdilar

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov Samarqand shahridagi Kongress markazining Faxriy mehmonlar xiyobonida birgalikda eman daraxtini ekdilar.

Marosim ikki qardosh xalq o‘rtasidagi ko‘p asrlik mustahkam do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik rishtalari, O‘zbekiston-Turkmaniston strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish borasidagi qat’iy intilishning ramzi bo‘ldi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling