Valyuta kurslari 26/06/2025
$1 – 12531.78
UZS – 0,61%
€1 – 14538.12
UZS – 0,53%
₽1 – 159.82
UZS – 0,92%
Qidirish
Iqtisod 24/02/2025 O‘zbekiston va Turkiya ishbilarmonlari o‘rtasida B2B muzokaralari o‘tkazildi

O‘zbekiston va Turkiya ishbilarmonlari o‘rtasida B2B muzokaralari o‘tkazildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 24 fevral kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston va Turkiya ishbilarmonlari ishtirokida B2B formatidagi ikki tomonlama muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston va Antaliya Savdo-sanoat palatalari hamda Turkiya Savdo vazirligi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda ikki mamlakat ishbilarmon doiralarining 100 dan ortiq vakillari, xususan, 24 ta salohiyatli turk kompaniyalari ishtirok etdi.

Tadbir doirasida muqobil energetika, qurilish materiallari sanoati va qurilish sohasida hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan muzokaralar o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida ikki davlat tadbirkorlari o‘z loyihalarini namoyish etib, o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish yuzasidan fikr almashdilar. Ishtirokchilar yangi sheriklar topish, mavjud biznes aloqalarni mustahkamlash hamda istiqbolli tashabbuslarni muhokama qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling