Valyuta kurslari 25/06/2025
$1 – 12456.25
UZS – 0,36%
€1 – 14461.71
UZS – 1,57%
₽1 – 158.36
UZS – -0,01%
Qidirish
Iqtisod 08/03/2025 O‘zbekiston va TDBB vakillari hamkorlikni rivojlantirish yuzasidan muzokaralar o‘tkazdi

O‘zbekiston va TDBB vakillari hamkorlikni rivojlantirish yuzasidan muzokaralar o‘tkazdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 6-mart kuni Iqtisodiyot va moliya vazirligi Xalqaro munosabatlar departamenti mas’ul vakillari hamda Turk dunyosi munitsipalitetlari ittifoqi (TDBB) Bosh Assambleyasi Bosh kotibi doktor Faxri Solak o‘rtasida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda tomonlar O‘zbekiston-Turkiya Hukumatlararo qo‘shma komissiyasining navbatdagi 8-yig‘ilishiga puxta tayyorgarlik ko‘rish hamda ikki mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini muhokama etdi.

Navbatdagi Hukumatlararo qo‘shma komissiyasi yig‘ilishi doirasida tegishli sohalardagi hamkorlikni chuqurlashtirish, investitsion hamkorlikni kengaytirish va tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish va kengaytirish hamda belgilangan maqsadlarga erishishda samarali va tizimli faoliyatni davom ettirishga kelishib oldi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling