Valyuta kurslari 27/06/2025
$1 – 12586.41
UZS – 0,44%
€1 – 14758.82
UZS – 1,52%
₽1 – 160.42
UZS – 0,38%
Qidirish
O‘zbekiston 05/04/2025 O‘zbekiston va Tailand o‘rtasida parlamentlararo hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

O‘zbekiston va Tailand o‘rtasida parlamentlararo hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi tadbirlari doirasida Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva Tailand Milliy assambleyasi Prezidenti va Vakillar palatasi Spikeri Van Muhammad Nur Matha bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv chog‘ida O‘zbekiston va Tailand o‘rtasidagi parlamentlararo hamkorlik hamda qonunchilik sohasidagi munosabatlar muhokama qilindi.

Shuningdek, parlamentlararo hamkorlikni yana-da rivojlantirish bo‘yicha takliflar ham ko‘rib chiqildi. Jumladan, ikki mamlakat parlamentlari o‘rtasida doimiy aloqa o‘rnatish, do‘stlik guruhlarini tashkil etish, qishloq xo‘jaligi sohasidagi tajribani o‘rganish va turizm sohasidagi qonunchilik amaliyoti bilan almashish kabi muhim yo‘nalishlar belgilab olindi.

Uchrashuv yakunida ikki mamlakat parlamentlararo aloqalarini yanada mustahkamlash va rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma tashabbuslar ishlab chiqishga kelishib olindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling