Valyuta kurslari 27/06/2025
$1 – 12586.41
UZS – 0,44%
€1 – 14758.82
UZS – 1,52%
₽1 – 160.42
UZS – 0,38%
Qidirish
O‘zbekiston 27/06/2025 O‘zbekiston va Shvetsiya migratsiya va mobillik sohasidagi hamkorlikni muhokama qildi

O‘zbekiston va Shvetsiya migratsiya va mobillik sohasidagi hamkorlikni muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Olimjon Abdullayev Shvetsiya Migratsiya vaziri Yoxan Forssell bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Mehmon O‘zbekiston tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlarni yuksak baholadi. Muloqot davomida ikki tomonlama munosabatlardagi ijobiy dinamika borasida fikr almashdilar.

Uchrashuv davomida mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik, mobiliklik va readmissiyaga oid hukumatlararo bitim tuzish, vizani soddalashtirish tartiblari va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha atroflicha muzokaralar olib borildi.

Tomonlar hamkorlikni mustahkamlash va qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling