Valyuta kurslari 20/06/2025
$1 – 12559.26
UZS – -0,47%
€1 – 14413.01
UZS – -0,71%
₽1 – 160.17
UZS – -0,41%
Qidirish
Iqtisod 14/05/2025 O‘zbekiston va Shandong Swan Cotton Machinery qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash loyihalarini muhokama qilmoqda

O‘zbekiston va Shandong Swan Cotton Machinery qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash loyihalarini muhokama qilmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari — Iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov Xitoyning “Shandong Swan Cotton Machinery” kompaniyasi boshqaruv raisi Van Sintin boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi sohasini mexanizatsiyalash yo‘nalishida qo‘shma loyihalarni yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari muhokama qilindi.

O‘zbekiston tomonidan qishloq xo‘jaligi texnikalarini, shu jumladan paxta terish mashinalarini xarid qilishni rag‘batlantirish, lizing asosida moliyalashtirish mexanizmlarini kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha ma’lumotlar berildi.

Xitoy tomoni, o‘z navbatida, “Shandong Swan Cotton Machinery” kompaniyasining faoliyati va xalqaro loyihalari bilan batafsil tanishtirdi. 70 yillik tajribaga ega kompaniya paxtani terish va qayta ishlash uskunalarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo‘lib, mahsulotlari 37 ta davlatga eksport qilinadi.

Delegatsiya vakillari O‘zbekiston paxtachilik tarmog‘ida qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga tayyorligini bildirar ekan, kompaniya tomonidan ishlab chiqarilayotgan turli xild paxta terish mashinalari jahon andozalariga javob berishi va sifat jihatidan global bozorda raqobatbardosh ekani alohida ta’kidlandi.

Uchrashuv yakunida tomonlar qishloq xo‘jaligi sohasini mexanizatsiyalash yo‘nalishida amaliy hamkorlikni bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling