O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni energetika, transport va suv resurslarini boshqarish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni muhokama qildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 12-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining o‘rinbosari Akram Aliyev va Saudiya Arabistoni Podshohligi energetika vaziri o‘rinbosari Fuad Mosa boshchiligidagi delegatsiya o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tomonlar ommabop uy-joy qurilishi, polimer texnologiyalari asosida tomchilatib sug‘orish, suv resurslari va taqsimlangan energetika tizimlarini boshqarish, energetika infratuzilmasini rivojlantirish, barqaror transport va moliyaviy-texnik yordam yo‘nalishlaridagi hamkorlik masalalarini muhokama qildilar.
Muhokama qilingan loyiha va tashabbuslarni hayotga tatbiq qilish doirasida munosabatlarni yanada chuqurlashtirishga oʻzaro tayyorlik bildirilib, hamkorlik amaliy mexanizmlari ishlab chiqildi.