O‘zbekiston va “Rosatom” tibbiyot hamda oziq-ovqat sohasi uchun radiatsion sterilizatsiya markazini yaratadi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energetikasi agentligi — “O‘zatom” va Rossiyaning “Rosatom” davlat korporatsiyasi tibbiy buyumlar hamda oziq-ovqat mahsulotlarini radiatsion usulda qayta ishlash uchun ko‘p funksiyali sterilizatsiya markazini yaratish loyihasini amalga oshirishni boshlaydi. Bu haqda “O‘zatom” agentligi direktori Azim Ahmadxojaєv Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi (SXIF) doirasida maʼlum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, mazkur loyihaga oid hujjatni 2025 yil 20 iyun kuni forum tadbirlari doirasida imzolash rejalashtirilgani haqida TASS axborot agentligi xabar berdi.
«Biz aynan 20 iyun kuni nurlantirish bo‘yicha ko‘p funksiyali markaz haqidagi hujjatni imzolaymiz. “Rosatom” bilan birgalikda sterilizatsiya majmuasi loyihasini amalga oshiramiz — bu tibbiy buyumlar va oziq-ovqat mahsulotlariga taalluqli», — dedi Ahmadxojaєv.
Unga ko‘ra, yangilanadigan majmua yiliga 10 ming tonnadan ortiq mahsulotni qayta ishlash quvvatiga ega bo‘ladi. Bu esa mahsulot xavfsizligi va sifatini taʼminlashda, shuningdek, eksport salohiyatini kengaytirishda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish imkonini yaratadi.
Bu loyiha O‘zbekistonda yuqori sanitar va gigiyenik standartlarga javob beradigan mahsulotlarni ishlab chiqarishga, sog‘liqni saqlash va oziq-ovqat tarmoqlarida xalqaro talablarga muvofiqlashishga xizmat qiladi.