Valyuta kurslari 20/06/2025
$1 – 12559.26
UZS – -0,47%
€1 – 14413.01
UZS – -0,71%
₽1 – 160.17
UZS – -0,41%
Qidirish
O‘zbekiston 12/04/2025 O‘zbekiston va Quvayt tashqi ishlar vazirlari o‘rinbosarlari oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish masalalarini muhokama qilishdi

O‘zbekiston va Quvayt tashqi ishlar vazirlari o‘rinbosarlari oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish masalalarini muhokama qilishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O'zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o'rinbosari Bahromjon A'loyev kecha Kuvayt tashqi ishlar vazirining Ko'rfaz arab davlatlari masalalari bo'yicha o'rinbosari Najib al-Badr bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

TIV ma'lumotiga ko'ra, muloqot chog'ida O'zbekiston va Kuvayt o'rtasidagi ikki va ko'p tomonlama aloqalarni yanada mustahkamlash, shuningdek, oliy darajada erishilgan kelishuvlarni ro'yobga chiqarish masalalari bo'yicha fikr almashildi.

Shuningdek, "Markaziy Osiyo – Ko'rfaz" strategik muloqoti doirasida rejalashtirilgan tadbirlarni yuqori darajada tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling