O‘zbekiston va Qozog‘iston 2024-yil yakunlarini muhokama qildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Qozog‘istonning Favqulodda va Muxtor elchisi Beybut Atamqulovni qabul qildi.
Uchrashuvda 2024-yil davomidagi o‘zbek-qozoq munosabatlari yakunlari ko‘rib chiqildi va 2025-yilga mo‘ljallangan rejalar muhokama qilindi.
Tomonlar barcha darajalardagi hamkorlikning yuqori darajasini qayd etdilar va iqtisodiy aloqalarni yanada faollashtirish yo‘nalishlarini muhokama qildilar.
"Uchrashuv O‘zbekiston va Qozog‘istonning strategik sheriklikni rivojlantirish va qo‘shnilik munosabatlarini mustahkamlashga intilishini yana bir bor tasdiqladi", — deya ta’kidladi Baxtiyor Saidov o‘zining Telegram kanalida.