Valyuta kurslari 26/06/2025
$1 – 12531.78
UZS – 0,61%
€1 – 14538.12
UZS – 0,53%
₽1 – 159.82
UZS – 0,92%
Qidirish
Iqtisod 26/02/2025 O‘zbekiston va Qirg‘iziston transport sohasida hamkorlik qilish va yangi temir yo‘l qurilishini muhokama qildi

O‘zbekiston va Qirg‘iziston transport sohasida hamkorlik qilish va yangi temir yo‘l qurilishini muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Transport vaziri Ilhom Maxkamov Qirg‘iz Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Duyshonkul Chotonov bilan uchrashdi.

Uchrashuvda mamlakatlarimiz o‘rtasida savdo-iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan avtomobil hamda temir yo‘l transporti sohasidagi hamkorlikning joriy holati muhokama etildi.

Xususan, tomonlar Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston temir yo‘li qurilishi loyihasi hamda mazkur yo‘l qurib bitkazilgunga qadar, Qashg‘ar – Irkeshtom – O‘sh multimodal yo‘lagi orqali yuk tashuvlarini rivojlantirish bo‘yicha birgalikdagi sa’y-harakatlarni amalga oshirish yuzasidan fikr almashdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling