Valyuta kurslari 07/08/2025
$1 – 12502.99
UZS – -0,17%
€1 – 14484.71
UZS – 0,2%
₽1 – 155.94
UZS – -0,38%
Qidirish
O‘zbekiston 07/08/2025 O‘zbekiston va Portugaliya o‘rtasidagi munosabatlar kengaymoqda

O‘zbekiston va Portugaliya o‘rtasidagi munosabatlar kengaymoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva BMTning dengizga chiqish imkoni bo‘lmagan rivojlanayotgan mamlakatlar bo‘yicha uchinchi konferensiyasi doirasida Portugaliya Tashqi ishlar vazirligi davlat kotibi Ana Izabel Ksavyer bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda A.Ksavyer xonim O‘zbekistonning bugungi investitsiyaviy rivojlanish surʼatlarini yuqori baholadi hamda ikki davlat o‘rtasida savdo-iqtisodiy aloqalarni yana-da kengaytirishdan manfaatdor ekanligini bildirdi.

Muloqot chog‘ida taʼlim, turizm va madaniyat sohalaridagi hamkorlikni mustahkamlash, shuningdek, hududlararo aloqalarni rivojlantirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Shuningdek, Portugaliya Yevropa Ittifoqi doirasida O‘zbekiston bilan yaqin hamkorlik qilayotgan mamlakatlardan biri ekanligi taʼkidlandi.

Tomonlar xalqaro tashkilotlar doirasida o‘zaro qo‘llab-quvvatlash amaliyotini yanada kuchaytirish borasida kelishib oldi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling