O‘zbekiston va Pokiston parlamentlararo aloqalari mustahkamlanmoqda
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva Parlamentlararo ittifoqlarning 150-yubiley assambleyasida ishtirok etish uchun mamlakatimizga tashrif buyurgan Pokiston Islom Respublikasi parlamenti Senati Raisi Yusuf Rizo G‘iloni boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Uchrashuvda O‘zbekiston va Pokiston parlamentlararo munosabatlarini rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Tomonlar ikki davlat parlamentlaridagi do‘stlik guruhlari faoliyatini kuchaytirish, qonun ijodkorligi bo‘yicha tajriba almashish, yosh parlament aʼzolari o‘rtasida aloqalarni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, parlament institutlari o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlashga kelishuvga erishdi.