Valyuta kurslari 24/06/2025
$1 – 12410.99
UZS – -0,69%
€1 – 14237.89
UZS – -1,16%
₽1 – 158.38
UZS – -0,63%
Qidirish
Iqtisod 24/06/2025 O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasida farmatsevtika sohasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasida farmatsevtika sohasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov Pokistonning “Pharmatec” kompaniyasi vakillari bilan uchrashdi.

Uchrashuv chog‘ida Agentlik direktori mehmonlarga "Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasterining imkoniyatlari, investitsiyaviy sharoitlari va davlat tomonidan taqdim etiladigan imtiyozlar yuzasidan batafsil taqdimot o‘tkazdi.

“Pharmatec” rahbariyati taqdimotdan katta taassurot olganini taʼkidlab, O‘zbekiston Hukumati tomonidan farmatsevtika sanoatini rivojlantirish yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlarni yuksak baholadi.

Muloqot yakunida “Pharmatec” kompaniyasi vakillari Farma Park hududida ishlab chiqarishni tashkil etish istiqbollarini o‘rganayotganini va mazkur loyihaga qiziqish bildirganini maʼlum qildilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling