Valyuta kurslari 20/06/2025
$1 – 12559.26
UZS – -0,47%
€1 – 14413.01
UZS – -0,71%
₽1 – 160.17
UZS – -0,41%
Qidirish
Iqtisod 28/01/2025 O‘zbekiston va Pokiston: hamkorlik aloqalari yanada rivojlanadi

O‘zbekiston va Pokiston: hamkorlik aloqalari yanada rivojlanadi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 27-29-yanvar kunlari O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vaxabov boshchiligidagi delegatsiya Pokiston Islom Respublikasining Karachi va Lahor shaharlariga tashrifi amalga oshirilmoqda.

Tashrifning ilk kunida, Karachi shahrida joylashgan NLC (National Logistics Cell) korxonasi rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazildi.

NLC (National Logistics Cell) — Pokistondagi yetakchi logistika va transport kompaniyasi bo‘lib, avtomobil, temir yo‘l va dengiz transporti orqali yuklarni samarali va ishonchli yetkazib berishni ta’minlaydi. Shuningdek, NLC innovatsion logistika markazlari va zamonaviy port infratuzilmasiga ega bo‘lib, mintaqaviy savdo aloqalarini rivojlantirishda muhim ahamiyatni kasb etadi.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Xususan, Termez-Karachi transport koridorini tashkil etish, Termezda NLC logistika portini tashkil qilish imkoniyatlari, ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlash va mintaqaviy iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish yo‘nalishlarida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha ikki mamlakat o‘rtasida savdo va transport aloqalarini mustahkamlashga qaratilgan qo‘shma qadamlar kelishib olindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling