O‘zbekiston va Ozarbayjon tashqi ishlar vazirlari savdo, transport va energetika sohalarida hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi rahbari Jeyhun Bayramov bilan muzokaralar o‘tkazdi.
Uchrashuvda tomonlar ikki davlat o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlashga qaratilgan ikki tomonlama kun tartibining dolzarb masalalarini muhokama qildilar.
Ustivor yo‘nalishlar – savdo, transport-logistika, energetika, shuningdek, madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirish bo‘yicha hamkorlikni kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi.
Baxtiyor Saidov O‘zbekiston va Ozarbayjon prezidentlari o‘rtasida oliy darajada erishilgan barcha kelishuvlarning to‘liq va o‘z vaqtida amalga oshirish o‘zaro hamkorlikning asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolayotganini ta’kidladi.