O‘zbekiston va OTB o‘rtasida suv ta’minoti va kanalizatsiya infratuzilmasini modernizatsiya qilish bo‘yicha bitim imzolandi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025-yil 24-aprelda Vashingtonda Jahon banki guruhi va Xalqaro valyuta jamg‘armasining yillik bahorgi uchrashuvlari doirasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – Iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov hamda Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki (OIIB) prezidenti Szin Litsyun o‘rtasida muzokaralar o‘tkazildi.
Muzokaralar davomida O‘zbekistonda muhim infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirish doirasidagi ikki tomonlama hamkorlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Suv ta’minoti va oqava suvlarni boshqarish tizimlarini rivojlantirish, yo‘l infratuzilmasini modernizatsiya qilish, energetika sohasini takomillashtirish hamda ta’lim muassasalarini modernizatsiya qilish masalalari asosiy yo‘nalishlar qatoriga kiritildi.
Uchrashuv natijasida tomonlar O‘zbekistonning infratuzilma salohiyatini rivojlantirish, uzoq muddatli iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish va mintaqaviy barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan hamkorlikni mustahkamlashdan manfaatdor ekanliklarini tasdiqladi.