Valyuta kurslari 18/06/2025
$1 – 12668.14
UZS – -0,37%
€1 – 14640.57
UZS – -0,61%
₽1 – 161.15
UZS – -0,37%
Qidirish
Iqtisod 11/06/2025 O‘zbekiston va OIIB yo‘l infratuzilmasi sohasidagi hamkorlikni kengaytirmoqda

O‘zbekiston va OIIB yo‘l infratuzilmasi sohasidagi hamkorlikni kengaytirmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisi Jamshid Tursunov Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar bankining investitsiyalar bloki rahbari Konstantin Limitovskiy boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda avtomobil yo‘llarini rivojlantirish borasida bank moliyaviy ko‘magida amalga oshirilayotgan loyihalar va istiqboldagi hamkorlik yo‘nalishlari muhokama etildi. 

J.Tursunov avvalo, Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki bilan hamkorlikda mamlakatimizda yirik strategik loyihalar amalga oshirilayotganligi munosabati bilan o‘z minnatdorligini bildirdi.

Xususan, tomonlar “A380 “G‘uzor – Buxoro – Nukus – Beyneu” avtomobil yo‘lining 150 – 228-km (78 km) qismini rekonstruksiya qilish” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlarning joriy holati yuzasidan fikr almashdi.

Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi (328,1 km) hamda Xorazm viloyatidagi (188 km) umumiy foydalanuvdagi mahalliy ahamiyatga ega 516,1 km avtomobil yo‘llari qismlarini to‘la ta’mirlash loyihasi bo‘yicha hamda istiqbolda hamkorlikni yanada kengaytirish yuzasidan kelishuv amalga oshirildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling