Valyuta kurslari 20/06/2025
$1 – 12559.26
UZS – -0,47%
€1 – 14413.01
UZS – -0,71%
₽1 – 160.17
UZS – -0,41%
Qidirish
O‘zbekiston 19/05/2025 O‘zbekiston va Koreya parlamentlari o‘rtasida tajriba almashinuvi

O‘zbekiston va Koreya parlamentlari o‘rtasida tajriba almashinuvi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan parlament faoliyati tajriba almashinuvi dasturi doirasida Oliy Majlis Senati aʼzolari va Qonunchilik palatasi deputatlaridan iborat delegatsiyaning Koreya Respublikasiga tashrifi boshlandi.

Maqsad Koreyaning qonun ijodkorligi, parlament faoliyatini to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoritish, ochiqlikni taʼminlash, parlamentda IT-infratuzilmasini takomillashtirish, mahalliy Kengashlar bilan o‘zaro aloqalarni mustahkamlash va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha  ilg‘or tajribasini o‘rganishdan iborat.

Tashrif doirasida  Oliy  Majlis vakillari seminar mashg‘ulotlarida ishtirok etishdan tashqari yana bir qator tadbirlarda qatnashishi rejalashtirilgan. Jumladan, Koreya parlamenti aʼzolari, Koreya Milliy Assambleyasining Byudjet boshqarmasi va Qonunchilik tadqiqotlari boshqarmasi vakillari, shuningdek, KOICA tashqi hamkorlik guruhi bilan uchrashuvlar o‘tkaziladi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston parlamenti vakillari Xvason shahar kengashi faoliyati bilan yaqindan tanishadi va ushbu shahar hokimi bilan uchrashadi.

Uchrashuvlar davomida ikki mamlakat vakillik organlarining o‘zaro do‘stona aloqalarini mustahkamlash va tajriba almashinuvini yo‘lga qo‘yish masalalari ko‘rib chiqiladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling