Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
O‘zbekiston va John Deere hamkorlik istiqbollarini muhokama qilishdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov AQShning John Deere kompaniyasining MDH davlatlari bo‘yicha vitse-prezidenti Piter Zakse bilan uchrashdi.
Muzokaralar chog'ida qishloq xo'jaligi sohasidagi o‘zaro hamkorlikning bugungi holati ko'rib chiqilib, uni rivojlantirishning istiqbolli yo'nalishlari belgilab olindi.
O‘zbekistonda kompaniyaning ilg‘or texnologiyalari va tajribasini jalb qilgan holda klaster tizimi asosidagi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish yuzasidan aniq choralar muhokama qilindi.