O‘zbekiston va Janubiy Koreya mehnat inspektsiyasi sohasida hamkorlikni kuchaytirmoqda
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligida Janubiy Koreyaning Mehnat va bandlik sohasida katta tajribaga ega tashkilotlari — Koreya Mehnat va bandlik vazirligi, Koreya Mehnat va bandlik xizmati (KLES), Koreya Mehnat instituti (KLI), shuningdek, Yonse, Vonkvang va Eva universitetlari professorlaridan iborat delegatsiya ishtirokida rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri o‘rinbosari Ra’no Turdiboyeva tomonidan O‘zbekistonda Davlat mehnat inspeksiyasi faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan hamkorlik loyihalari, xususan, Koreya tajribasi asosida mehnat inspektorlarini bosqichma-bosqich o‘qitish tizimini joriy etish bo‘yicha berilgan tavsiyalar yuqori baholandi.
Mazkur uchrashuv O‘zbekiston–Koreya mehnat inspeksiyasi sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash, inspektorlar salohiyatini oshirish va tajriba almashuvini kuchaytirish yo'lidagi muhim qadam bo‘ldi.