O‘zbekiston va Jahon odil sudlov loyihasi hamkorlik memorandumini imzoladi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Adliya vaziri o‘rinbosari Muzraf Ikramov “Tashkent Law Spring” IV xalqaro yuridik forumi doirasida Jahon odil sudlov loyihasi (World Justice Project) tashkiloti vakili, davlat sektori bilan hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Mark Lewis bilan uchrashdi.
Uchrashuvda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan huquqiy islohotlar, Huquq ustuvorligi indeksidagi yutuqlar, shuningdek, ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi.
Forum doirasida Adliya vazirligi hamda WJP o‘rtasida hamkorlik uchun anglashuv memorandumi imzolandi. Bu hujjat kelgusida hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.
M. Lewis O‘zbekistondagi islohotlarni yuqori baholab, Huquq ustuvorligi indeksida mamlakatimiz eng tez rivojlanayotgan davlatlardan biri ekanligini qayd etdi. Shuningdek, “Hududlarning huquq ustuvorligi indeksini aniqlash tizimi” boshqa davlatlar uchun ham ilg‘or namuna sifatida ko‘rsatildi.
Tomonlar huquqiy islohotlarni chuqurlashtirish, mavjud muammolarni bartaraf etish va ilg‘or tajriba almashinuvini davom ettirish yuzasidan kelishib oldilar.
Uchrashuv yakunida M. Lewis O‘zbekiston delegatsiyasini Varshavada bo‘lib o‘tadi.