O'zbekiston va IWMI suv resurslarini boshqarishni muhokama qilishd

O'zbekiston va IWMI suv resurslarini boshqarishni muhokama qilishd

O'zbekiston va IWMI suv resurslarini boshqarishni muhokama qilishd

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yil 21-may kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon A’loyev Suv resurslarini boshqarish xalqaro institutining (IWMI) Bosh direktori Mark Smit bilan uchrashdi.

Muloqot davomida o‘zaro aloqalarning ustuvor yo‘nalishlari, jumladan, suv resurslarini samarali boshqarish, irrigatsiya sektorini rivojlantirish va qishloq xo‘jaligiga innovatsion texnologiyalarni joriy etish sohasidagi loyihalarni birgalikda amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, O‘zbekiston bilan Suv resurslarini boshqarish xalqaro instituti o‘rtasida amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish, qo‘shma ilmiy-tadqiqot va ta’lim dasturlarini amalga oshirish, respublikamiz hamda Markaziy Osiyoda suv xavfsizligi va barqaror rivojlanishni ta’minlashga qaratilgan tashabbuslarni ilgari surishga alohida e’tibor qaratildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling