Valyuta kurslari 23/06/2025
$1 – 12496.94
UZS – -0,5%
€1 – 14405.22
UZS – -0,05%
₽1 – 159.38
UZS – -0,49%
Qidirish
Iqtisod 10/04/2025 O‘zbekiston va Holley Group “Buyuk ipak yo‘li” sanoat texnoparkini rivojlantirishni muhokama qildi

O‘zbekiston va Holley Group “Buyuk ipak yo‘li” sanoat texnoparkini rivojlantirishni muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025-yilning 8-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Ilzat Kasimov Xitoyning Holley Group kompaniyasi direktorlar kengashi raisi Van Licheng boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.

Holley Group 1970-yilda Chjejiang provinsiyasida tashkil etilgan. Xitoyning top-500 yirik xususiy korporatsiyalar royxatiga kiradi. Ayni paytda unda 12 mingdan ortiq kishi mehnat qiladi. Kompaniyaning umumiy aktivlari qiymati 7,5 milliard dollardan oshadi.

Suhbatda tomonlar Olmaliq shahrida “Buyuk ipak yoʻli” sanoat texnoparki (227,4 gektar) qurilishining bugungi holatini muhokama qildilar.

Ikki taraflama hamkorlik sanoat infratuzilmasini rivojlantirish, xorijiy investorlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va yirik ishlab chiqarish korxonalarini O‘zbekiston bozoriga jalb etishda muhim ahamiyat kasb etishiga ishonch bildirildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling