Valyuta kurslari 08/08/2025
$1 – 12593.77
UZS – 0,73%
€1 – 14698.19
UZS – 1,47%
₽1 – 158.49
UZS – 1,64%
Qidirish
Iqtisod 09/08/2025 O‘zbekiston va Guoju Medical Technology hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumni imzoladi

O‘zbekiston va Guoju Medical Technology hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumni imzoladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi delegatsiyasi A.Azizov boshchiligida Xitoyning Tyanszin shahrida Guoju Medical Technology Co., Ltd. rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida kompaniyaning ilg‘or laboratoriyalari va ishlab chiqarish quvvatlari bilan yaqindan tanishildi. Shuningdek, O‘zbekistonda mahalliy ishlab chiqarishni tashkil etish, investitsiya jalb qilish va texnologik hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro anglashuv memorandumini imzolab, ikki tomonlama sheriklikni yana-da rivojlantirishga kelishib oldilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling