Valyuta kurslari 26/06/2025
$1 – 12531.78
UZS – 0,61%
€1 – 14538.12
UZS – 0,53%
₽1 – 159.82
UZS – 0,92%
Qidirish
O‘zbekiston 25/03/2025 O‘zbekiston va Gruziya o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

O‘zbekiston va Gruziya o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025-yil 25-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari O. Mamatkarimov Gruziyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Kotariya David bilan uchrashdi.

Muloqot chog‘ida O‘zbekiston va Gruziya o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar, jumladan, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va turizm sohalaridagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Tomonlar turizm sohasida hamkorlikni mustahkamlashga qiziqish bildirib, mutaxassislar tayyorlash va qo‘shma sayohatlar tashkil etish bo‘yicha tajriba almashishga tayyor ekanliklarini taʼkidladilar.

Shuningdek, uchrashuvda 5-9-aprel kunlari Toshkentda Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi o‘tkazilishi va unda 190 ga yaqin davlatdan 2 mingga yaqin parlament aʼzolari ishtirok etishi muhokama qilindi.

O‘z navbatida, elchi Gruziya parlamenti raisi Shalva Papuashvili boshchiligidagi 14 nafar delegatsiya aʼzolari mazkur anjumanda ishtirok etishini maʼlum qildi. Shuningdek, u Gruziyada O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatni rivojlantirish yo‘lidagi saʼy-harakatlari katta eʼtirofga sazovor bo‘layotganini taʼkidladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling