Valyuta kurslari 18/06/2025
$1 – 12668.14
UZS – -0,37%
€1 – 14640.57
UZS – -0,61%
₽1 – 161.15
UZS – -0,37%
Qidirish
Iqtisod 05/06/2025 O‘zbekiston va GPE EXPO farmatsevtika sohasida strategik hamkorlik to‘g‘risida kelishib oldi

O‘zbekiston va GPE EXPO farmatsevtika sohasida strategik hamkorlik to‘g‘risida kelishib oldi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov "GPE EXPO" kompaniyasi asoschisi va direktori janob Paresh Jhumarvala bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida janob Paresh Jhumarvala "GPE EXPO" kompaniyasining faoliyati, Hindiston va Bangladeshda amalga oshirilgan yirik loyihalar, shuningdek, hozirgi kunda Nigeriya va Iordaniyada olib borilayotgan ishlar haqida batafsil maʼlumot berdi. U shuningdek, O‘zbekiston farmatsevtika sohasida olib borilayotgan islohotlar va mavjud salohiyatni eʼtirof etib, mamlakatimiz Markaziy Osiyoda farmatsevtika markaziga aylanib borayotganini taʼkidladi.

"GPE EXPO" direktori yaqin kelajakda O‘zbekistonda farmatsevtika yo‘nalishida yirik xalqaro ko‘rgazma tashkil etish reja qilinayotganini maʼlum qildi.

O‘z navbatida, Agentlik direktori "GPE EXPO" tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanligini bildirib, bunday hamkorlik farmatsevtika sanoatining yana-da jadal rivojlanishiga xizmat qilishini qayd etdi.

Tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va uni bosqichma-bosqich rivojlantirish bo‘yicha kelishuvga erishdilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling