Valyuta kurslari 24/06/2025
$1 – 12410.99
UZS – -0,69%
€1 – 14237.89
UZS – -1,16%
₽1 – 158.38
UZS – -0,63%
Qidirish
O‘zbekiston 21/02/2025 O‘zbekiston va Fransiya Afg‘oniston bo‘yicha hamkorlik hamda mintaqaviy xavfsizlik masalalarini muhokama qildi

O‘zbekiston va Fransiya Afg‘oniston bo‘yicha hamkorlik hamda mintaqaviy xavfsizlik masalalarini muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) —O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev Fransiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Oreliya Bushez bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muzokaralar davomida tomonlar Afg‘oniston yo‘nalishidagi o‘zbek-fransuz hamkorligining joriy holati hamda mintaqaviy xavfsizlikni taʼminlash masalalarini batafsil muhokama qildilar.

Oreliya Bushez O‘zbekistonning Afg‘onistonga insonparvarlik yordami ko‘rsatish va uning ijtimoiy-iqtisodiy holatini yaxshilash yo‘lidagi muhim hissasini yuqori baholadi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling