Valyuta kurslari 17/06/2025
$1 – 12715.13
UZS – -0,35%
€1 – 14730.48
UZS – 0,17%
₽1 – 161.75
UZS – 1,04%
Qidirish
Iqtisod 17/06/2025 O‘zbekiston va Frankfurt Main Finance moliyaviy hamkorlikni kengaytirish yo‘llarini muhokama qildi

O‘zbekiston va Frankfurt Main Finance moliyaviy hamkorlikni kengaytirish yo‘llarini muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Shu yilning 16-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Germaniyaning yetakchi moliyaviy markazlaridan biri bo‘lgan Frankfurt Main Finance boshqaruvchi direktori va World Alliance of Financial Centers hamraisi Vët Hubertus bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqot davomida tomonlar O‘zbekiston va Germaniyaning yetakchi moliyaviy institutlari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash istiqbollarini muhokama qildilar. Vët Hubertus Germaniyaning yirik moliyaviy tashkilotlarini O‘zbekiston bozoriga jalb etishda ko‘maklashishga tayyorligini bildirdi.

Uchrashuvda venchur kompaniyalar, biznes farishtalar va muqobil investitsiya sektori ishtirokchilari uchun qulay ekotizim yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Frankfurt Main Finance va World Alliance of Financial Centersning moliyaviy texnologiyalar va investitsiyalar sohasidagi ilg‘or tajribalarini joriy etish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

O‘zbekistonda investitsiya muhitini yaxshilash va barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar yuqori baholandi. Tomonlar tashabbuslarni amalga oshirish maqsadida qo‘shma tadbirlar va maslahatlashuvlar tashkil etish orqali hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar.

Uchrashuv O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasida munosabatlarni chuqurlashtirish va iqtisodiy hamkorlikning yangi imkoniyatlarini yaratishga bo‘lgan o‘zaro manfaatdorlikni tasdiqladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling