Valyuta kurslari 20/06/2025
$1 – 12559.26
UZS – -0,47%
€1 – 14413.01
UZS – -0,71%
₽1 – 160.17
UZS – -0,41%
Qidirish
Iqtisod 27/04/2025 O‘zbekiston va Filippin Manilada biznes-forum o‘tkazishni rejalashtirmoqda

O‘zbekiston va Filippin Manilada biznes-forum o‘tkazishni rejalashtirmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida qarorgohi Tehron shahrida bo‘lgan Filippinning O‘zbekistondagi elchisi Roberto Monalo bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda xorijiy tomon O‘zbekistondagi investitsiyaviy muhit va xorijiy investorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlarga yuksak baho berdi.

O‘zbekiston va Filippin o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari, xususan, AKT, elektrotexnika, transport, geologiya, to‘qimachilik sanoati sohalarida sarmoyaviy hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, filippinlik investorlarni O‘zbekistonga jalb etish chora-tadbirlari muhokama qilindi.

Shu nuqtai nazardan, joriy yilning to‘rtinchi choragida Manila shahrida rejalashtirilgan navbatdagi siyosiy muloqot doirasida ikki mamlakat ishbilarmon doiralari ishtirokida qo‘shma biznes-forum o‘tkazish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling