Valyuta kurslari 18/06/2025
$1 – 12668.14
UZS – -0,37%
€1 – 14640.57
UZS – -0,61%
₽1 – 161.15
UZS – -0,37%
Qidirish
O‘zbekiston 13/06/2025 O‘zbekiston va Estoniya ta’lim va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlikni faollashtiradi

O‘zbekiston va Estoniya ta’lim va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlikni faollashtiradi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Estoniyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Yap Orani qabul qildi.

Uchrashuv davomida tomonlar O‘zbekiston va Estoniya o‘rtasida oliy taʼlim, ilm-fan hamda innovatsiyalar sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildilar. Xususan, ikki davlat oliy taʼlim muassasalari o‘rtasida o‘zaro tajriba almashish, qo‘shma loyihalar va akademik almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Suhbat chog‘ida Estoniyaning yetakchi oliy o‘quv yurtlari rektorlaridan iborat delegatsiyaning O‘zbekistonga tashrifini tashkil etish masalalari muhokama qilindi. Shu bilan birga, O‘zbekiston oliygohlarining Estoniyada o‘tkaziladigan taʼlim ko‘rgazmalari va yarmarkalarida ishtirok etishi, shuningdek, estoniyalik talabalarning mamlakatimizda taʼlim olishi uchun sharoitlarni yengillashtirish bo‘yicha fikr almashildi.

Yap Ora mamlakatimizda startap ekotizimini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni yuqori baholadi. U, ayniqsa, har yili o‘tkazib kelinayotgan “InnoWeek” xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligiga Estoniya delegatsiyasining jalb etilishiga qiziqish bildirdi. Shu bilan birga, startaplarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Estoniyada yo‘lga qo‘yilgan samarali tizim faoliyatini o‘rganish muhimligi qayd etildi. Maʼlumot uchun: 2021-yilda Estoniya aholi jon boshiga “yakkashoh” (kapitalizatsiyasi 1 mlrd AQSH dollaridan ortgan) startaplarning soni bo‘yciha yektakchi bo‘lgan.

Uchrashuv yakunida ikki tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirish, taʼlim va innovatsiya yo‘nalishlarida qo‘shma tashabbuslarni ilgari surishga kelishib olindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling