O‘zbekiston va Estoniya savdo-iqtisodiy hamkorlik va sanoat kooperatsiyasini kengaytirmoqda
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 10 iyun kuni Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari Dilshod Rasulov Estoniyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Yaap Ora boshchiligidagi ishbilarmonlar delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda O‘zbekistonning Latviyadagi elchisi Timur Rahmonov ham ishtirok etdi.
Muzokaralar chog‘ida tomonlar ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy munosabatlarni yana-da mustahkamlash, o‘zaro investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish va sanoat kooperatsiyasi sohasida yangi loyihalarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar.
Taʼkidlanishicha, O‘zbekiston va Estoniyaning qulay geografik joylashuvi va infratuzilmaviy imkoniyatlari o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish, shu jumladan, uchinchi davlatlar bozorlariga chiqish uchun ham keng sharoit yaratadi.
Estoniyalik tadbirkorlarning O‘zbekistonda qo‘shma korxonalar tashkil etish, yangi texnologik loyihalarni amalga oshirish hamda raqamli iqtisodiyot, logistika va “yashil” energetika sohalarida hamkorlik qilishga doir tashabbuslarini mamnuniyat bilan qo‘llab-quvvatlashini taʼkidlandi.
Uchrashuv yakunida, joriy yilning ikkinchi choragi oxiriga qadar O‘zbekiston ishbilarmonlar delegatsiyasining Estoniyaga tashrifini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Ushbu tashrif ikki mamlakat o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishi kutilmoqda.