Valyuta kurslari 20/06/2025
$1 – 12559.26
UZS – -0,47%
€1 – 14413.01
UZS – -0,71%
₽1 – 160.17
UZS – -0,41%
Qidirish
O‘zbekiston 13/05/2025 O‘zbekiston va Eron siyosiy va iqtisodiy hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi

O‘zbekiston va Eron siyosiy va iqtisodiy hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025-yilning 11-may kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon A’loyev Tehron shahrida Eron Islom Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sayid Rasul Mohajer bilan uchrashdi.

Muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston-Eron hamkorligining bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilinib, siyosiy muloqot, savdo-iqtisodiy aloqalar, shuningdek, transport va logistika sohasidagi hamkorlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Bo‘lajak qo‘shma tadbirlar, xususan, ikki mamlakat tashqi siyosat idoralari o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi raundini o‘tkazish yuzasidan fikr almashildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling