Valyuta kurslari 20/06/2025
$1 – 12559.26
UZS – -0,47%
€1 – 14413.01
UZS – -0,71%
₽1 – 160.17
UZS – -0,41%
Qidirish
Iqtisod 13/05/2025 O‘zbekiston va Eron qishloq xo‘jaligi va mahsulotlar eksporti sohasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi

O‘zbekiston va Eron qishloq xo‘jaligi va mahsulotlar eksporti sohasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston–Eron Hukumatlararo komissiyasining 16-yig‘ilishi doirasida Karantin agentligi direktori Ibrohim Ergashev Eron Islom Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘simliklarni himoya qilish tashkiloti rahbari Maryam Jalili xonim bilan uchrashdi.

Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlik aloqalarining joriy holati tahlil etilib, kelgusidagi hamkorlik yo’nalishlari muhokama etildi. Xususan, savdo-iqtisodiy munosabatlarni mustahkamlash, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti bo‘yicha imkoniyatlarni kengaytirish masalalariga e’tibor qaratildi.

Muloqot davomida gilos, o‘rik va limon kabi yangi turdagi mahsulotlarni Eron bozoriga eksport qilish uchun ruxsatnomalar rasmiylashtirish jarayonlarini jadallashtirish bo‘yicha fikr almashildi. Shuningdek, mahsulotlar eksportida fitosanitar sertifikatlarni qalbakilashtirish holatlarini oldini olish maqsadida ikki tomonlama elektron axborot almashinuvi tizimini joriy etish va soha mutaxassislari o‘rtasida doimiy tajriba almashuvini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Shuningdek tomonlar tarvuz kabi poliz mahsulotlari uchun ham yangi eksport bozorlari ochish imkoniyatlarini ko‘rib chiqdi.

Shu bilan birga, Eron tomoni O‘zbekistonda amaliyotga joriy etilgan eksportyorlarni ro‘yxatga olish tizimiga katta qiziqish bildirdi va bu borada ham o‘zaro tajriba almashishga tayyorligini bildirdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling