Valyuta kurslari 20/06/2025
$1 – 12559.26
UZS – -0,47%
€1 – 14413.01
UZS – -0,71%
₽1 – 160.17
UZS – -0,41%
Qidirish
Iqtisod 15/05/2025 O‘zbekiston va Buyuk Britaniya mudofaa sohasidagi hamkorlikni kengaytirishni maqsad qilgan

O‘zbekiston va Buyuk Britaniya mudofaa sohasidagi hamkorlikni kengaytirishni maqsad qilgan

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligining Lordlar palatasi bo‘yicha Davlat vaziri Lord Koaker O‘zbekistonga muvaffaqiyatli tashrifini yakunladi. Tashrifning maqsadi ikki tomonlama mudofaa aloqalarini mustahkamlash va chuqur hamkorlik imkoniyatlarini o‘rganishdan iborat bo‘ldi. Bu Lord Koakerning Markaziy Osiyoga ilk tashrifi bo‘lib, yangi Britaniya hukumati vakili tomonidan O‘zbekistonga amalga oshirilgan birinchi tashrif ham hisoblanadi.

Tashrif davomida vazir Koaker o‘zbekistonlik asosiy hamkorlar, jumladan Mudofaa vaziri o‘rinbosari general-leytenant Hamdam Karshiev va Milliy gvardiya qo‘mondoni general-leytenant Rustam Jo‘rayev bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Uchrashuvlarda Buyuk Britaniyaning O‘zbekiston bilan ikki tomonlama mudofaa hamkorligini rivojlantirish va chuqurlashtirish borasidagi qat’iyati yana bir bor tasdiqlandi.

Tashrifning asosiy voqealaridan biri – vazir Koakerning O‘zbekiston Qurolli Kuchlari Akademiyasida qilgan nutqi bo‘ldi. Bu Britaniya mudofaa vaziri tomonidan ushbu akademiyada so‘zlagan birinchi nutq bo‘lib, u o’z nutqida so‘nggi 30 yil davomidagi Buyuk Britaniya – O‘zbekiston mudofaa hamkorligining ahamiyatiga urg‘u berdi va harbiy ta’lim bu munosabatlarni mustahkamlashdagi muhim omil ekanini ta’kidladi. 

“Ushbu tashrif O‘zbekiston bilan mudofaa sohasidagi aloqalarimizda muhim qadam bo‘ldi,” dedi vazir Koaker. “Mintaqada xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash uchun o‘zbekistonlik hamkorlarimiz bilan yaqin hamkorlikda ishlashga sodiqmiz. Biz umumiy qadriyatlarimiz va xalqaro xavfsizlikka bo‘lgan yondashuvlarimiz kelgusida hamkorligimizni kuchaytirishda davom etishiga ishonamiz.”

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling