Valyuta kurslari 20/06/2025
$1 – 12559.26
UZS – -0,47%
€1 – 14413.01
UZS – -0,71%
₽1 – 160.17
UZS – -0,41%
Qidirish
Iqtisod 29/04/2025 O‘zbekiston va Boshqirdiston qishloq xo‘jaligi sohasidagi hamkorlikni mustahkamlaydi

O‘zbekiston va Boshqirdiston qishloq xo‘jaligi sohasidagi hamkorlikni mustahkamlaydi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkent shahridagi “Central Asian Expo Uzbekistan” majmuasi sanoat va innovatsiyalar markaziga aylangan. 18 ming kvadrat metrdan ortiq maydonda o‘tayotgan “INNOPROM. Markaziy Osiyo” xalqaro beshinchi sanoat ko‘rgazmasida Rossiya, Markaziy Osiyo mamlakatlari, Xitoy, Hindiston va boshqa davlatlardan 10 mingdan ortiq delegat ishtirok etmoqda.

Ko‘rgazma doirasida hamkorlik muloqotlari qizg‘in tus olgan. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov bir qator xorijiy kompaniyalar va tashkilotlar vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazib, o‘zaro manfaatli loyihalarni muhokama qilmoqda.

Shunday uchrashuvlardan biri Boshqirdiston Respublikasi Hukumati Raisining o‘rinbosari – Qishloq xo‘jaligi vaziri Ilshat Fazraxmanov bilan o‘tkazildi. Suhbat davomida ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash va yangi loyihalarni amaliyotga joriy etish masalalari muhokama qilindi.

Xususan, Boshqirdiston tomonidan O‘zbekistonga shakar, bug‘doy va bug‘doy uni, arpa, melassa, sut zardobi kabi mahsulotlarni yetkazib berish hajmini oshirish rejalashtirilmoqda. Shuningdek, O‘zbekiston fermerlarining Boshqirdiston hududida don, dukkakli ekinlar va kartoshka yetishtirish imkoniyatlari ham ko‘rib chiqildi.

Uchrashuvda, shuningdek, “Pisheprom” AJ tomonidan O‘zbekistonga konserva mahsulotlari yetkazib berish, “BashInkom” kompaniyasi esa o‘simliklarni himoya qilish uchun kimyoviy vositalar va kompleks mineral o‘g‘itlar bilan ta’minlash yuzasidan takliflar ilgari surildi.

Ta’kidlash joizki, Toshkentda o‘tayotgan bu ko‘rgazma sanoat, qishloq xo‘jaligi va savdo sohalarida mintaqaviy hamkorlikning yangi ufqlarini ochmoqda. Bu esa O‘zbekiston va butun mintaqa davlatlari uchun o‘zaro taraqqiyot va farovonlik sari muhim qadam bo‘lib xizmat qilmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling