Valyuta kurslari 04/08/2025
$1 – 12725.16
UZS – 0,26%
€1 – 14507.95
UZS – -0,02%
₽1 – 158.65
UZS – 0,13%
Qidirish
O‘zbekiston 18/07/2025 O‘zbekiston va Bangladesh ikki tomonlama hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi

O‘zbekiston va Bangladesh ikki tomonlama hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025-yilning 17-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Baxromjon A’loyev Bangladesh Xalq Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Muhammad Monirul Islom bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Suhbat chog‘ida siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-logistika va madaniy-gumanitar sohalardagi O‘zbekiston-Bangladesh munosabatlarining bugungi holati va rivojlanish istiqbollari muhokama qilindi.

Shunindek, aloqalarni chuqurlashtirish maqsadida turli darajalarda qo‘shma tadbirlar o‘tkazish rejalari ko‘rib chiqildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling