Valyuta kurslari 24/06/2025
$1 – 12410.99
UZS – -0,69%
€1 – 14237.89
UZS – -1,16%
₽1 – 158.38
UZS – -0,63%
Qidirish
O‘zbekiston 21/02/2025 O‘zbekiston va BAA o‘rtasida taʼlim sohasidagi hamkorlik kengaymoqda

O‘zbekiston va BAA o‘rtasida taʼlim sohasidagi hamkorlik kengaymoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasida BAAning Sharja amirligida joylashgan “Al-Qosimiya” universiteti rektori Avvad Al-Xalaf bilan muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Savdo-sanoat palatasi raisi birinchi o‘rinbosari Davron Qurbanov so‘nggi yillarda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, jumladan, tadbirkorlar uchun qulay sharoit yaratish va chet el investitsiyasini jalb etish bo‘yicha tashabbuslar haqida batafsil maʼlumot berdi.

O‘z navbatida, Avvad Al-Xalaf universitetning iqtidorli o‘zbek talabalari va tadbirkorlarini qo‘llab-quvvatlashga qiziqish bildirib, bakalavriat va magistratura taʼlimi uchun grantlar ajratish orqali taʼlim imkoniyatlarini kengaytirish niyati borligini taʼkidladi.

Shuningdek, IT, marketing va axborot texnologiyalari sohasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Tomonlar “Al-Qosimiya” universiteti va Savdo-sanoat palatasi ko‘magida taʼlim markazi tashkil etish masalasiga alohida eʼtibor qaratdilar. Bu markaz o‘zbek yoshlari va kelajak tadbirkorlarining bilim va malakasini oshirishga xizmat qiladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling