Valyuta kurslari 20/06/2025
$1 – 12559.26
UZS – -0,47%
€1 – 14413.01
UZS – -0,71%
₽1 – 160.17
UZS – -0,41%
Qidirish
Iqtisod 21/05/2025 O‘zbekiston va Avstriya qishloq xo‘jaligi va raqamlashtirish sohasida hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi

O‘zbekiston va Avstriya qishloq xo‘jaligi va raqamlashtirish sohasida hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Akmal Qosimov Avstriya moliya vaziri o‘rinbosari Andreas Reichhardt boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi. 

Uchrashuv davomida ikki tomonlama hamkorlik aloqalarining bugungi holati va istiqbollari atroflicha muhokama qilindi. Akmal Qosimov O‘zbekiston va Avstriya o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni yuksak baholab, ayniqsa qishloq xo‘jaligi sohasida sheriklikni kengaytirish zarurligini alohida ta’kidladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu yo‘nalishdagi hamkorlik har qachongidan ham dolzarb bo‘lib, zamonaviy texnologiyalar, ilg‘or tajriba va investitsiyalarga asoslangan yondashuv mamlakat agrar salohiyatini yangi bosqichga olib chiqadi.

Muloqot davomida eksport-import aloqalarini kengaytirish, oziq-ovqat mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, chorvachilik va bog‘dorchilik sohalarida yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama markazida bo‘ldi. Ayniqsa, subsidiya va sug‘urta tizimlari, agrar ta’lim bo‘yicha Avstriya tajribasini o‘rganish va uni O‘zbekiston sharoitida joriy etish bo‘yicha takliflar ilgari surildi. 

Yana bir muhim yo‘nalish — raqamlashtirish edi. Xususan, qishloq xo‘jaligida subsidiya tizimini raqamlashtirish hamda sohada malakali mutaxassislarni tayyorlash masalalari kun tartibidan o‘rin oldi. Avstriyaning ilg‘or texnologiyalariga asoslangan issiqxonachilik, suv resurslarini boshqarish va “aqlli qishloq xo‘jaligi” konsepsiyalarini O‘zbekistonda joriy etish borasida ham hamkorlik yo‘llari ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar muhokama qilingan yo‘nalishlar bo‘yicha aniq takliflar ishlab chiqish va navbatdagi amaliy qadamlarni belgilab olishga kelishib oldilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling