Valyuta kurslari 26/06/2025
$1 – 12531.78
UZS – 0,61%
€1 – 14538.12
UZS – 0,53%
₽1 – 159.82
UZS – 0,92%
Qidirish
O‘zbekiston 27/03/2025 O‘zbekiston va Avstriya hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi

O‘zbekiston va Avstriya hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025-yilning 25-mart kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri maslahatchisi Munira Aminova Avstriyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Matias Radostich bilan uchrashuv o‘tkazdi

Suhbat chog‘ida ikki tomonlama hamkorlikning asosiy masalalari, jumladan, siyosiy muloqot, iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, sarmoyaviy loyihalar, ta’lim dasturlari, shuningdek, mehnat migratsiyasi sohasidagi o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, tomonlar viza tartibini soddalashtirish, texnik va grant yordami hajmini oshirish, ikki tomonlama tadbirlarni tashkil etish masalalari yuzasidan fikr almashdilar. Uchrashuv ishtirokchilari munosabatlarning ijobiy dinamikasini qayd etib, hamkorlikni, jumladan, bo‘lajak ikki tomonlama tadbirlar doirasida yanada rivojlantirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling