O‘zbekiston va Afg‘oniston to‘qimachilik sanoatida hamkorlikni kengaytirmoqda
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vaxabov Afg‘oniston Islom Respublikasida xizmat safari bilan bo‘lib, Kobul va Qandahor shahrilarida bir qator muhim uchrashuvlar va muzokaralar o‘tkazdi.
Tashrif doirasida Kobul va Qandahor shahrilarida Afg‘oniston davlat idoralari va vazirliklari rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, ikki tomonlama sanoat hamkorligi, xususan, to‘qimachilik va qayta ishlash sohalaridagi istiqbolli loyihalarni muhokama qilindi.
Muzokaralar natijasida ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash maqsadida Afg‘oniston Davlat tekstil korporatsiyasi raisi Abdul Hamid Ohund Zoda bilan tekstil sohasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Imzolash marosimida Afg‘oniston davlat korxonalarini nazorat qiluvchi kuzatuv kengashi aʼzolari — Konlar va neft vaziri Hidayattulloh Badri, Moliya vaziri Mulla Nosir Ohund, Iqtisodiyot vaziri Din Muhammad Hanif, Bosh vazir rayosati rahbari Anvar-ul Haq ishtirok etdilar.