Valyuta kurslari 20/06/2025
$1 – 12559.26
UZS – -0,47%
€1 – 14413.01
UZS – -0,71%
₽1 – 160.17
UZS – -0,41%
Qidirish
Iqtisod 12/05/2025 O‘zbekiston va Afg‘oniston elektroenergetika sohasida hamkorlikni mustahkamlamoqda

O‘zbekiston va Afg‘oniston elektroenergetika sohasida hamkorlikni mustahkamlamoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025-yil 10–13-may kunlari Afg‘onistonning Qobul va Mozori Sharif shaharlarida O‘zbekiston tadbirkorlarining tashrifi doirasida elektrotexnika sohasi vakillari uchun ham muhim biznes uchrashuvlar – B2B shaklidagi muzokaralar tashkil etildi.

Uchrashuvlarda O‘zbekistonning yetakchi elektrotexnika korxonalari vakillari va Afg‘onistonning mahalliy tadbirkorlari o‘zaro hamkorlik masalalarini muhokama qildilar.

Muzokaralarda asosiy e’tibor to‘g‘ridan to‘g‘ri eksport mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish, mahsulot yetkazib berish zanjirini shakllantirish hamda savdo-sotiq hajmini oshirishga qaratildi.

B2B uchrashuvlar davomida Afg‘oniston bozoridagi real ehtiyojlar, mahalliy distribyutorlar va xaridorlar talablari, logistika imkoniyatlari va bojxona tartib-qoidalari yuzasidan ham fikr almashildi.

“O‘zeltexsanoat” uyushmasi vakillari tashrif doirasida mazkur uchrashuvlarda faol ishtirok etib, elektrotexnika mahsulotlarini eksport qilish bo‘yicha aniq taklif va tashabbuslarni ilgari surdilar.

Bu kabi muzokaralar ikki davlat o‘rtasida sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish, Afg‘oniston bozorida o‘zbek mahsulotlarining o‘rnini mustahkamlash va uzoq muddatli iqtisodiy sheriklikni yo‘lga qo‘yish uchun muhim zamin yaratmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling