O‘zbekiston U-17 terma jamoasi futbol bo‘yicha jahon chempionatida J guruhida ishtirok etadi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston U-17 yoshlar terma jamoasi Qatarda bo‘lib o‘tadigan FIFA U-17 Jahon chempionati – Qatar 2025™ musobaqasida J guruhida ishtirok etadi. Bu guruhdagi raqiblarimiz — Paragvay, Panama va Irlandiya terma jamoalari bo‘ladi.
Yoshlar o‘rtasidagi ushbu nufuzli turnirda dunyoning eng kuchli 48 terma jamoasi ishtirok etadi va ular 12 guruhga taqsimlangan. Quyida barcha guruhlar taqdim etilgan:
Guruh A
Qatar, Italiya, Janubiy Afrika Respublikasi, Boliviya
Guruh B
Yaponiya, Marokash, Yangi Kaledoniya, Portugaliya
Guruh C
Senegal, Xorvatiya, Kosta-Rika, BAA
Guruh D
Argentina, Belgiya, Tunis, Fiji
Guruh E
Angliya, Venesuela, Gaiti, Misr
Guruh F
Meksika, Janubiy Koreya, Kot-d‘Ivuar, Shveysariya
Guruh G
Germaniya, Kolumbiya, KXDR, El-Salvador
Guruh H
Braziliya, Gonduras, Indoneziya, Zambiya
Guruh I
AQSH, Burkina-Faso, Tojikiston, Chexiya
Guruh J
O‘zbekiston, Paragvay, Panama, Irlandiya
Guruh K
Fransiya, Chili, Kanada, Uganda
Guruh L
Mali, Yangi Zelandiya, Avstriya, Saudiya Arabistoni
Eslatib o‘tamiz, mazkur musobaqa 2025 yil 3–27 noyabr kunlari Qatarda bo‘lib o‘tadi.