Valyuta kurslari 08/08/2025
$1 – 12593.77
UZS – 0,73%
€1 – 14698.19
UZS – 1,47%
₽1 – 158.49
UZS – 1,64%
Qidirish
Sport 09/08/2025 O‘zbekiston U-16 terma jamoasi xalqaro turnirda ishtirok etish uchun Indoneziyaga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston U-16 terma jamoasi xalqaro turnirda ishtirok etish uchun Indoneziyaga jo‘nab ketdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Oʻzbekiston U-16 terma jamoasi Indoneziyadagi xalqaro oʻrtoqlik turnirida ishtirok etish uchun Medanga yoʻl oldi. Oʻsmirlarimizning musobaqada ishtirok etuvchi tarkibi ma’lum

Jamoamiz turnir davomida U-17 Jahon chempionati ishtirokchilari — Indoneziya, Mali va Tojikiston U-17 terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi.

SHu bilan birga, 2008 yilda tavallud topgan futbolchilardan tuzilgan O'zbekiston bosh jamoasi sentyabr oyida Ispaniyada yig'in o'tkazib, Qatarda bo'lib o'tadigan jahon chempionatiga tayyorgarlik doirasida Angliya, Kanada va Marokash terma jamoalari bilan o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazadi.

SHu munosabat bilan ushbu turnirda U-16 terma jamoasi, jumladan, 2009 yilda tug'ilgan futbolchilar ishtirok etadi.

Uchrashuvlar taqvimi:

12 avgust — Mali U-17 - O'zbekiston U-16

15 avgust — O‘zbekiston U-16 – Indoneziya U-17

18 avgust — O‘zbekiston U-16 – Tojikiston U-17

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling