Valyuta kurslari 20/06/2025
$1 – 12559.26
UZS – -0,47%
€1 – 14413.01
UZS – -0,71%
₽1 – 160.17
UZS – -0,41%
Qidirish
Iqtisod 14/05/2025 O‘zbekiston Turkiya va Ozarbayjonda qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi bo‘yicha xorijiy tajribani o‘rganmoqda

O‘zbekiston Turkiya va Ozarbayjonda qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi bo‘yicha xorijiy tajribani o‘rganmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Mamlakatimizda qishloq xo‘jaligida sug‘urta tizimini rivojlantirish bunda xorijiy davlatlarning tajribalarini chuqur o‘rganib, ularni mamlakatimiz agrar tarmog‘ida amaliyotga joriy etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. 

Shu bois  Qishloq xo‘jaligi vazirligi va tizim tashkilotlari vakillaridan iborat delegatsiya  a’zolari Turkiya va Ozarbayjon davlatlarida xizmat safarida bo‘lib  qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sug‘urtalash jarayonlari bilan yaqindan tanishmoqda.

Delegatsiya a’zolari Turkiya va Ozarbayjon Qishloq xo‘jaligi vazirliklari, Sug‘urta bozorini tartibga solish va nazorat qilish agentliklari, Qishloq xo‘jaligini sug‘urtalash jamg‘armalari va boshqa sohaviy tashkilotlar rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazmoqda. 

Uchrashuvlarda asosiy e’tibor agrar sohadagi o‘zaro aloqalarni yanada kengaytirish, sug‘urta tizimini rivojlantirish, xususan, O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sug‘urtalash bo‘yicha samarali mexanizmlarni joriy etish masalalariga qaratilmoqda.

Shuningdek, ushbu tizimni raqamlashtirish, fermerlar va agrar tuzilmalar uchun qulay va shaffof elektron platformalarni yaratish borasida ham o‘zaro fikr va takliflar almashilmoqda.

Tomonlar qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi, agrar sohada raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt, ma’lumotlarni tahlil qilish va monitoring tizimlarini joriy etish bo‘yicha tajriba bilan o‘rtoqlashib, O‘zbekistonda mazkur yutuqlarni tatbiq etish yuzasidan aniq kelishuvlarga erishmoqda.

Bu kelishuvlar O‘zbekistonda agrar soha barqarorligini ta’minlash, xavf-xatarlarga qarshi sug‘urta himoyasini kuchaytirish va fermerlar manfaatlarini himoya qilishda muhim bosqich bo‘lib xizmat qilishi shubhasiz.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling